She’riy matnlardagi metaforalarning lingvokognitiv asoslari: nazariy va amaliy tahlil (Erkin Vohidov she’rlari misolida)

Authors

  • Muxlisa Arislanova

Keywords:

kognitiv metafora, emotsional-ekspressiv ma’no, ko‘chim, kognitiv vazifa.

Abstract

Metafora hodisasi o‘zining ko‘p qirrali ekanligi bilan nafaqat adabiyotshunoslik, balki tilshunoslikda ham keng o‘rganiladi, tadqiq etiladi. Bugungi kunda metaforani kognitiv fan nuqtayi nazaridan o‘rganish, ayniqsa, dolzarblik kasb etmoqda. Ijodkorning o‘zigagina xos bo‘lgan so‘z qo‘llash mahoratini ilmiy jihatdan asoslash, nutqda yangi so‘zlarning paydo bo‘lishiga imkon yaratadi. Ushbu maqolada she’riy matnlarda qo‘llanilgan metaforalarning lingvokognitiv asoslari nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Metafora – til vositasi bo‘lishdan tashqari, inson tafakkurining mahsuli sifatida qaraladi va u orqali shoirning dunyoni qanday qabul qilgani, obrazli tafakkuri hamda madaniy-ma’naviy qarashlari namoyon bo‘ladi. Maqolada metaforaning kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan talqini, uning konseptual asoslari, shuningdek, poetik obraz yaratishdagi roli yoritiladi. Erkin Vohidov ijodidan olingan namunalar asosida metaforik ifodalar tahlil qilinib, ularning tafakkur jarayoni bilan bog‘liqligi ochib beriladi.

Downloads

Published

2026-02-08