Parsellyatsiyaning o‘rganilishi: ilmiy nazariyalar va tadqiqotlar
Ключевые слова:
parsellyatsiya, sintaktik tuzilma, nutq birliklari, tinish belgilar, bog‘lanish, emotsional ta’sir, publitsistika.Аннотация
Maqolada parsellyatsiya hodisasining nazariy asoslari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Rus tilshunosligida (Y.V. Vannikov, V.G. Gak va b.) parsellyatsiyaning emotsional-ta’sirchanlik, ta’kid va ritm yaratishdagi vazifalari asoslab berilgan. O‘zbek tilshunosligida dastlab ilova konstruksiyalari bilan aralashtirib talqin qilingan bu hodisa I. Toshaliyev, A. G‘afforov va Sh. Haydarov tadqiqotlarida mustaqil sintaktik birlik sifatida o‘rganilgan. Sh. Haydarov parsellyatsiyani asos va parsellyat qismlarda tahlil qilib, uning badiiy matndagi semantik izchillik va ekspressivlikni ta’minlashini ko‘rsatadi. Xulosa sifatida parsellyatsiya nafaqat stilistik vosita, balki matnni idrok etishda samaradorlikni oshiruvchi kognitiv model ekanligi ta’kidlanadi.