Lisoniy shaxs tushunchasi va unga yondosh hodisalar tadqiqi
Ключевые слова:
lisoniy shaxs, idiolekt, idiostil, kommunikativ shaxs, etnosemantik shaxs, diskursiv shaxs, nutqiy portret.Аннотация
Maqolada lisoniy shaxs tushunchasi va u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yondosh hodisalar – kommunikativ shaxs, nutqiy portret, etnosemantik shaxs, diskursiv shaxs, idiolekt, idiostil kabi tushunchalar nazariy jihatdan tahlil qilinadi hamda ularning tilshunoslikdagi o‘rni aniqlanadi. Tadqiqot lisoniy shaxsning nutqiy faoliyatda qanday til birliklari orqali namoyon bo‘lishini aniqlashga, shuningdek, yondosh hodisalar yordamida shaxsiy, ijtimoiy va madaniy ko‘rsatkichlarning til tizimidagi ifodasini o‘rganishga qaratilgan. Mazkur yondashuvlar lisoniy shaxsni yanada chuqurroq tahlil qilish, uning til vositalaridagi ifodaviy
imkoniyatlarini ochib berishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada ushbu hodisalar o‘zbek tili materiali asosida tahlil etiladi, shaxsning tilga oid xususiyatlari nutqiy kontekstda qanday ifodalanishi ochib beriladi. Tadqiqot lisoniy shaxs tushunchasining murakkab, ko‘p qatlamli tuzilmasini yoritishda yangi nazariy asoslarni ilgari suradi.