Olamning lisoniy manzarasida fitonimlarning aks etishi

Авторы

  • Madina Akramjonova

Ключевые слова:

olamning lisoniy manzarasi, kognitiv tilshunoslik, fitonimlar, metafora, poetik timsollar.

Аннотация

Til insonning olam haqidagi bilimlarining shakllanishi va mavjud bo‘lishidagi muhim omildir. Inson faoliyat jarayonida obyektiv dunyoni aks ettirar ekan, dunyoni bilish natijalarini so‘z orqali qayd etadi, umumlashtiradi va avloddan avlodga uzatadi. Olamning lisoniy manzarasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni to‘ldiradi, chuqurlashtiradi hamda har bir xalqning o‘ziga xos idrokini ifodalaydi. Olamning lisoniy manzarasi — bu til vositasida yaratilgan borliq haqidagi tasavvurlar tizimidir. Har bir til o‘ziga xos lisoniy manzaraga ega bo‘lib, u xalqning dunyoni qanday tasavvur qilishi, qanday qadriyatlarga ega ekanini va qanday fikrlash tarziga egaligini namoyon etadi. “Olamning lisoniy manzarasi” tushunchasi tilshunoslikda xalqning borliqni qanday idrok etishi va uni til orqali qanday ifodalashini o‘rganadi. Shu jihatdan, fitonimlar xalqning tabiat haqidagi qarashlari, diniy va madaniy qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan muhim lingvistik birliklardir.

Загрузки

Опубликован

2026-02-08