Nominatsiya jarayonining nazariy asoslari
Ключевые слова:
nominatsiya, onomasiologiya, birlamchi nominatsiya, ikkilamchi nominatsiya, nominatsiya tamoyillari, fonosemantika, lisoniy manzara, konseptual manzaraАннотация
Mazkur maqolada nominatsiya jarayonining falsafiy va lingvistik asoslari, uning shakllanish bosqichlari, shuningdek, zamonaviy tilshunoslikdagi tutgan o‘rni tahlil qilingan. Maqolada nominatsiya jarayonining inson tafakkuri bilan bevosita bog‘liqligi hamda uning besh bosqichli tizimi (obyektni tanlash, belgilash, konsept shakllantirish, lingvistik belgi tanlash va ijtimoiylashuv) tahlil etilgan. Nominatsiyaning tabiiy va sun’iy turlari, birlamchi va ikkilamchi nominatsiya farqlari, shuningdek, nominatsiya tamoyillarining (belgi, vazifa, nisbiylik va tovush taqlidligiga asoslangan) tasnifi aniq misollar orqali yoritilgan. Shuningdek, maqolada fonosemantika nominatsiyaning fonetik asosi sifatida alohida yo‘nalish sifatida ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari nominatsiya jarayonining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi, milliy tafakkur va lisoniy manzara o‘rtasidagi uzviy bog‘liqligini aniqlashda muhim ilmiy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.