Yoshlar slengining ijtimoiy-tabaqaviy xoslanishi

Авторы

  • Umriniso Pulatova

Ключевые слова:

sleng, ijtimoiy tabaqalanish, yoshlar nutqi, norasmiy muloqot, sotsiolingvistika, kommunikativ vaziyat, emotsional ifoda, sotsiolekt, zamonaviy leksika, yoshlar submadaniyati, pragmatik birlik.

Аннотация

Maqolada o‘zbek yoshlarining nutqida slenglardan foydalanishning ijtimoiy-tabaqaviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda yoshlar o‘rtasida keng tarqalgan sleng birliklarining qaysi ijtimoiy qatlamlarda faolroq qo‘llanilishi va ular qanday kommunikativ vazifalarni bajarishi o‘rganilgan. So‘rovnoma va kuzatuv metodlari asosida yig‘ilgan ma’lumotlar statistik tahlil qilinib, slengning do‘stlar, sinfdoshlar/kursdoshlar, oila a’zolari va ijtimoiy tarmoqlar muhitida qo‘llanish darajasi aniqlangan. Natijalarda sleng do‘stlar va tengdoshlar muloqotida ko‘proq uchrashi, ijtimoiy mavqega qarab shakllanishi va internet muhitida yangi leksik
birliklar paydo bo‘lishida faol rol o‘ynashi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, sleng yoshlar uchun shaxsiy mavqeni ifodalash, guruhga mansublikni
ta’kidlash va emotsional ekspressivlikni kuchaytiruvchi pragmatik vosita
sifatida xizmat qilishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari tilshunoslikda
yoshlar nutqining ijtimoiy tabaqalanishini chuqurroq o‘rganishga ilmiy
asos yaratadi.

Загрузки

Опубликован

2026-02-08