Harbiy nomlar terminologiyasida ma’nodoshlik va shakldoshlik hodisalari
Ключевые слова:
terminologiya, harbiy termin, leksika, leksikografiya, qo‘shimcha, sinonim-ma’nodosh, omonim-shakldosh.Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligi terminologiyasining semantic xusuiyatlari, til hodisalarining o‘zaro aloqasi, atamalar orasidagi sinonim, omonim va antonim so‘zlarni o‘rganish jarayonida harbiy nomlarning ushbu hodisalarni yasash vositalari, ularning til xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, H.Dadaboyev tomonidan tuzilgan “Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati”dagi atamalarning sinonimik va omonimik qatorlari bir qancha misollar asosida o‘z izohini topgan. H.Dadaboyev qadimgi turkiy til, eski turkiy til hamda eski o‘zbek adabiy tili davrida iste’molda bo‘lgan harbiy sohaga oid terminlarni o‘zida mujassam etgan “Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati” bilan terminologiya, leksikolgiya, leksikografiya sohasiga ulkan hissa qo‘sha oldi, deyishimiz mumkin. Eski o‘zbek tilida qo‘llaniladigan harbiy terminlarning semantikasi, yasalishi va xorijiy tillardan o‘zlashishini o‘rganish terminologlar oldida turgan dolzarb vazifalardandir. Maqolada, eski o‘zbek tilidagi harbiy terminlarni leksik-semantik, struktur, so‘z yasalishi va o‘zlashishi jihatlaridan tahlil etilib, shuningdek, qo‘shin turlari va askariy qism nomlarining polisemiya, sinonimiya, omonimiya va antonimiya masalasiga ham e’tibor qaratildi. Ushbu materiallari harbiy sohaga oid terminlar tezaurusi yaratilishiga asos bo‘la oladi.