Xitoy tili harbiy terminologiyasi tizimida so‘z-terminlarning derivatsion xususiyatlari

Авторы

  • Nargiza Imomiddinova

Аннотация

Harbiy ilm va, ayniqsa, harbiy texnikaning shiddat bilan rivojlanishi natijasida tilda yangidan-yangi termin va terminologik birikmalar vujudga kelmoqda. Leksikaning terminologik qatlami harbiy adabiyotning tobora takomillashayotgan elementiga aylanib bormoqda, uning shiddat bilan rivojlanishi esa terminologiyaning unifikatsiyasi va undan belgilangan tartibda foydalanishni taqozo qiladi. Bu esa o‘z navbatida harbiy terminologiya tizimidagi tub hamda yasama terminlarni o‘rganish vazifasini qo‘yadi. So‘z yasalishi bo‘limi tilshunoslikda nisbatan yosh soha sanaladi. Shuning uchun ham uning tilshunoslik sathlari qatoridagi o‘rni yetarlicha belgilanmagan, desak adashmagan bo‘lamiz. So‘z yasalishi
ba’zan leksikologiya tarkibida o‘rganilsa, ba’zan unga grammatikaning
bir qismi sifatida qaraladi. So‘z yasalishining so‘zni obyekt sifatida
o‘rganadigan boshqa bo‘limlardan ajratib turuvchi muhim bir xususiyat
shundaki, mazkur bo‘limda umuman barcha so‘zlar emas, balki faqat
yasama so‘zlar o‘rganiladi. Ushbu maqolada xitoy harbiy terminologiyasi
tizimidagi so‘z-terminlarning struktur-grammatik xususiyatlari tahlil
qilinadi. Xususan, harbiy terminologiyaga oid so‘z-terminlarning uch
turi, ya’ni tub terminlar, derivativ terminlar va termin-kompozitalarning
yasalish usullari va derivatsion xususiyatlari yoritiladi. Shu jumladan,
ushbu terminlarni yasalishida sermahsul va kammahsul deb topilgan
morfemalar tahlili harbiy terminologiyaga oid misollar orqali amalga
oshiriladi.

Загрузки

Опубликован

2026-02-08