“Qadam+ fe’l” komponentli birliklarning ma’no tizimi va tezaurusi
Ключевые слова:
qadam fe’l, fe’l komponenti, semantika, tezaurus, leksik birlik, kognitiv model, paradigmatik aloqa, frazeologiya, metafora, konsept.Аннотация
Mazkur maqola o‘zbek tilidagi “qadam+fe’l” komponentli birliklarning semantik tizimi va tezaurusini lingvosemantik hamda kognitiv yondashuvlar asosida tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda bu birliklarning ma’nosini o‘rganishda ichki konseptual asoslari, semantik rivojlanishi va metaforalari yoritilgan. Maqolada “qadam” leksemasining asosiy leksik ma’nosi bilan bir qatorda, u ishtirok etgan fe’l modellarining konnotativ, uslubiy va mantiqiy-majoziy xususiyatlari ham ko‘rib chiqilgan. Xususan, “qadam tashlamoq”, “qadam bosmoq”, “qadam qo‘ymoq” kabi birliklar inson harakati bilan bog‘liq semantik maydonni tashkil etadi. Ushbu birliklar tildagi harakat, maqsad, boshlanish, jarayon va natija kabi semantik kategoriyalar bilan bevosita aloqador. Shuningdek, “qadam+fe’l” qolipi ishtirokidagi birliklar frazeologiyada va metafora holatida muhim stilistik vazifalarga ega.