“Nahj ul-farodis” asari va uning XIV yuzyil turkiy adabiy til so‘z boyligi taraqqiyotida tutgan o‘rni

Авторы

  • Hamidulla Dadabayev
  • Dilnoza Abduvaliyeva

Ключевые слова:

so‘z boylik, qo‘lyozma, Xorazm adabiy muhiti, til xususiyati, turkologiya, tub qatlam, o‘zlashma qatlam, tushuncha.

Аннотация

XIV yuzyil turkiy tillar taraqqiyotining murakkab davri sanalib, d belgili tildan dz belgili tilga uzil-kesil o‘tish jarayonining nihoyalanishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda turkiyda bitilgan yirik manbalar qatorida Mahmud ibn Ali as-Saroyi yozgan “Nahj ul farodis” (“Jannatlarning ochiq yo‘li”) asarining alohida o‘rni bor. Diniy-ahloqiy ruhda yaratilgan obidaning tovush tizimi, grammatik qurilishi, so‘z boyligi shu davrga xos “Qisasi Rabg‘uziy”, “Guliston bit -turkiy”, “Xusrav va Shirin”, “Muhabbatnoma” kabi Xorazm adabiy muhiti yodgorliklariga ko‘p jihatdan mos tushadi. Ayni chog‘da, manba so‘z boyligi o‘ziga xos bo‘lib, unda nafaqat davr obidalari, balki “Devonu lug‘otit turk”, “Qutadg‘u bilig”, “Hibat ul-haqoyiq” singari XI-XII asrlarga oid asarlarda aks etmagan istilohu so‘zlar, birikmalaru izofalar qo‘llangan. Ushbu jihat asar leksikasining maxsus tadqiq etilishini talab qiladi.

Загрузки

Опубликован

2026-02-07