Lingvomadaniy birliklarning ranglar misolida badiiy matnda ifodalanishi

Авторы

  • Shaxloxon Tursinbayeva

Ключевые слова:

madaniyat, turkiy xalqlar madaniyatida rang ramzlari, rang ishtirokidagi frazeologik birikmalar, o‘xshatish va metaforalar.

Аннотация

Madaniyat ‒ ma’lum bir jamiyat, xalqning an’analari, urf-odatlari, ishonch-e’tiqodi, fan va san’at dunyosini qamrab olgan va shu jamiyat orqali nasldan naslga o‘tuvchi madaniy boyliklardir. Geografik joylashuv, so‘zlashuv tili va hayotiy turmush tarzi kabi omillar xalqlarning o‘ziga xos madaniyatining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi hamda buning natijasi o‘laroq, bir-biridan farqli madaniyatlarning shakllanishiga ham turtki bo‘ladi. Ushbu maqola lingvomadaniy birliklarning ranglar misolida badiiy matnda ifodalanishi tadqiqiga qaratilgandir. Darhaqiqat, ranglar nafaqat belgi, balki tarixdan ma’lumki, turli geografik hudud va madaniyatlarda o‘ziga xos fikr ifoda vositasi hamdir.

Загрузки

Опубликован

2025-07-24