Frazeologik birliklarning ontologik asoslari va bilish jarayonidagi maqomi
Ключевые слова:
frazeologik birlik, ontologik asos, epistemologik funksiya, shakl va mazmun, konseptual metafora, madaniy xotira, aksiologik qadriyat.Аннотация
Mazkur maqolada frazeologik birliklarning til tizimidagi ontologik asoslari va bilish jarayonidagi maqomi nazariy jihatdan tahlil etilgan. Frazeologik birliklarning shakl va mazmun o‘rtasidagi integratsiyasi, ularning kollektiv tafakkur va madaniy xotirada qanday barqaror semantik birliklar sifatida mavjudligi ochib berilgan. Shuningdek, frazeologizmlarning bilimni modellashtirish, madaniy va aksiologik qadriyatlarni kodlashdagi epistemologik funksiyalari konseptual metafora nazariyasi asosida yoritilgan. Tadqiqotda F. de Sossyur, V. fon Humboldt, Y.D.Apresyan, A.V.Kunin kabi olimlarning nazariy qarashlariga tayangan holda frazeologik birliklarning til va tafakkur o‘rtasidagi vositachilik roli ko‘rsatib berilgan. Natijalar frazeologizmlarning zamonaviy tilshunoslikdagi mavqeini chuqur anglash hamda til va tafakkur munosabatlarini tadqiq etishda nazariy asos yaratishga xizmat qiladi.