Ingliz tilidagi raqamli muloqotda xushmuomalalik strategiyalari va ularning lingvistik xususiyatlari

Authors

  • Ozodaxon O‘ktamova

Keywords:

xushmuomalilik strategiyalari; raqamli muloqot; ingliz tili; pragmatika; elektron pochta; messenjerlar; ijtimoiy tarmoqlar.

Abstract

Mazkur maqolada Buyuk Britaniya va AQSh kontekstida ingliz tilidagi raqamli muloqotda qo‘llaniladigan xushmuomalilik strategiyalari va ularning lingvistik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot Brown va Levinsonning “Face Theory” (1987), Lakoffning xushmuomalilik qoidalari (1973), Leechning pragmatik maksimlari (1983) hamda Gilesning kommunikativ moslashuv nazariyasi (1973)ga tayangan holda olib borildi. Maqolada uch xil kommunikativ platforma, ya’ni elektron pochta, ishchi messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar misolida Buyuk Britaniya va AQShdagi nutqiy amaliyotlar solishtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Buyuk Britaniyada salbiy xushmuomalilik strategiyalari (ehtiyotkorlik, hedging, bilvosita ifoda) ustuvor bo‘lsa, AQShda ijobiy strategiyalar (samimiylik, tezkor aloqa, ochiq ifoda) yetakchilik qiladi. Ushbu farqlar xalqaro raqamli kommunikatsiyada madaniy va pragmatik tafovutlarning yuzaga kelishiga olib keladi. Maqola raqamli savodxonlik va ingliz tili pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida ushbu farqlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi

Downloads

Published

2026-02-08