O‘zbek va ingliz tillarida shaxs ruhiy holatini ifodalovchi leksik birliklarning lisoniy qiymatini aniqlashda kontekst va madaniyatning roli
Keywords:
ruhiy holatni ifodalovchi birliklar, emotsional leksika, lisoniy qiymat va kontekstual semantika, o‘zbek va ingliz tillarining qiyosiy tahlili, madaniyat va milliy tafakkur ta’siri, metaforik ifodalar, lingvokulturologik yondashuv, tarjima jarayoni va qiyinchiliklari, psixolingvistika, til va madaniyat munosabati.Abstract
Bugungi kunda tilshunoslik va madaniyatshunoslikning kesishgan nuqtalaridan biri sifatida shaxsning ruhiy holatini ifodalovchi leksik birliklar masalasi dolzarb mavzulardan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Inson ruhiyati, his-tuyg‘ulari, hissiy reaksiyalari va ichki kechinmalari til orqali tashqi olamga namoyon bo‘ladi hamda ijtimoiy muloqotda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, inson ruhiy kechinmalarini ifodalovchi til birliklarini tahlil qilish, ularning semantik qatlamini ochib berish, turli
tillarda bunday birliklarning shakllanish qonuniyatlarini aniqlash, ularning tipologik xususiyatlarini belgilash zarur. Shuningdek, tarjima jarayonida kontekst va madaniy omillarning o‘rni, ekvivalentlik masalalari, milliy xususiyatlarning ifodalanishi ham alohida ilmiy tadqiqotlarni talab qiladi.
Mazkur yo‘nalish bugungi lingvistik tadqiqotlar markazida turibdi.