“Boburnoma” lug‘atlarining leksikografik talqini

Authors

  • Dilafruz Muhammadiyeva

Keywords:

Leksikografiya, lug‘at, “Boburnoma”, turkcha, qozoqcha, electron lug‘at.

Abstract

So‘nggi paytlarda leksikografiya tilshunoslikning eng tez taraqqiy etayotgan va eng tez o‘zgaruvchan sohasi ekanligi yana bir bor isbotlandi. Lug‘at – davr mahsuli, xalq tarixidagi muayyan davrning ko‘zgusi. Uning yuzaga kelishi muayyan tarixiy-madaniy sharoit, nazariy va amaliy tilshunoslikning holati, lug‘atlarga ehtiyoji bo‘lgan turli sohalar taraqqiyoti va yana ko‘pgina jihatlarga bog‘liq. Lug‘atchilik tillarning maqomi, rivojidan ham darak beradi. Muayyan tilda davrga aloqador turli omillarga bog‘liq ravishda lug‘atlarning rang-barang ko‘rinishlari yuzaga kelishi, umuman, lug‘atchilik taraqqiyoti – til va uning egasi bo‘lgan millatning taraqqiyoti bilan bog‘liq. Va omil shu xalq kelajagi haqida gapirish imkonini beradi. Ushbu maqolada “Boburnoma” yuzasidan turli davrlarda va turkiy xalqlarda tuzilgan lug‘atlar tahlilga tortilgan.

Downloads

Published

2026-02-07