Mental leksikonda so‘zlarning saqlanishi

Авторы

  • Iqbol O‘razova

Ключевые слова:

Mental leksikon, assotsiativ eksperiment, retsipiyent, stimul so‘z, reaksiya, paradigmatik munosabat, sintagmatik munosabat, koordinatsiya munosabati, subordinatsiya munosabati, superordinatsiya munosabati, lemma.

Аннотация

Inson nutqiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini batafsil o‘rganish va bu boradagi ilmiy g‘oyalarning keyinchalik rivoji natijasida qo‘lga kiritilgan dalillar shundan guvohlik beradiki, insondagi leksikon nutqiy faoliyatni tashkillashtiruvchi asoslardan biri bo‘lib, tilning atributi hisoblanadi. Leksikon inson nutqiy faoliyatini yuzaga chiqaruvchi leksik komponent sifatida qaraladi. U til haqidagi ma’lumot yig‘iladigan nofaol manbaa emas, nutqiy tajriba va uning mahsullarini qayta ishlovchi va tartibga soluvchi jarayonda doimiy aloqada bo‘lishi natijasida o‘z-o‘zidan harakatlanuvchi dinamik funksional sistemadir. Chunki nutqiy tajribada sistema doirasiga sig‘maydigan yangilik uning qayta qurilishiga olib keladi, sistemaning o‘zgarishga uchragan har bir holati navbatdagi qayta ishlovda qiyoslash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan ushbu maqola psixolingvistikaning dolzarb mavzularidan bo‘lmish mental leksikonda so‘zlarning saqlanishi haqida bo‘lib, maqolada o‘tkazilgan assotsiativ eksperiment natijalari tahlil etilib, tahlillar asosidagi xulosalar bayon qilingan.

Загрузки

Опубликован

2026-09-19