“Harakat” semali frazemalarning semantik tahlili (XIV asrning ikkinchi yarmi manbalari asosida)

Авторы

  • Iqbol O‘razova

Ключевые слова:

frazema. sema, semema, gradatsiya, farqlovchi sema, ironiya.

Аннотация

Frazemalar tilning o‘ziga xos birliklari bo‘lib, u til egasiga ajdodlaridan so‘zlar kabi o‘zlashadi. Frazemalar axborot tashish, tushuncha va obrazli ifodalarni anglatish bilan birgalikda shu millatga xos bo‘lgan milliy belgilarni jamlash va o‘z semantikasida saqlash, ayni sema bilan til egasi nutqiga kirib borish bilan xarakterlidirki, bu frazemada ifodalangan milliy o‘ziga xoslikni faqatgina til egasi anglay oladi. Til muntazam o‘zgarish va taraqqiyotda ekan, uning lug‘aviy birligi sanalgan frazemalarda ham bu o‘zgarish o‘z in’ikosini topishi tayin. Frazemalarning davriy jihatdan o‘rganilishi ma’lum frazemaning shakllanishi va semantik taraqqiyotini, etimologiyasini aniqlash bilan birga shu davr tili va qadriyatlari, insonlarning dunyoqarashi, olamni anglashi haqidagi muhim xulosalarning yuzaga chiqishiga turtki bo‘ladi. Shu ma’noda, ushbu maqolada XIV asrning ikkinchi yarmida yaratilgan Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy”, “Suhayl va Guldursun” asarlarida qo‘llangan “harakat” semali frazemalar tahlilga tortildi. Frazemalar maydon nazariyasi asosida o‘rganilib, “nutq” semali, “yumush” semali, “kuch” semali frazeosemantik mikroguruhlarda tahlil qilindi.

Загрузки

Опубликован

2026-07-07