Eski o‘zbek turkiy tildagi vaqt konseptini ifodalovchi leksemalar taraqqiyoti
Keywords:
kognitiv lingvistika, konsept, vaqt konsepti, madaniy kod, tarixiy taraqqiyot, diniy omil, madaniy omil, makon va zamon birligi, shaxs omili, eski turkiy til, leksik vosita, leksema.Abstract
Maqolada vaqt konseptini ifodalovchi lingvistik vositalarning mavjudligi ta’kidlanib, vaqt konseptini ifodalovchi leksemalar eng faol vositalar sifatida qayd etilgan. Eski turkiy tildagi vaqt konseptli leksik vositalarning struktur-semantik taraqqiyoti, hozirgi o‘zbek adabiy tiliga munosabati yoritilgan. Vaqt konseptli ayrim leksemalar o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti davomida shakliy va mazmun jihatidan o‘zgarishlarga uchragan. Eski turkiy tilda vaqt konseptli o‘z qatlam leksemalari faol qo‘llangan. Turkiy leksemalardan yasalgan sodda leksemalar vaqt konseptini ifodalashga xizmat qilgan. Eski turkiy tildagi vaqt konseptli leksemalarning aksariyati hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanmaydi, arxaik birliklarga aylangan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida vaqt konsepti arabcha, forscha-tojikcha hamda rus-baynalmilal so‘zlari orqali ifodalanadi.
Eski turkiy tildagi vaqt konseptini ifodalovchi leksemalar bu birliklarning qadimiyligini, leksemalarning shakllanishida xalqning chorvachilik, dehqonchilik kabi turmush tarzi bilan bog‘liq qarashlari, madaniy tafakkuri aks etganini ko‘rsatadi.