Eski o‘zbek tilidagi “holat” semali frazemalar tahlili (XIV asrning II yarmi manbalari asosida)

Авторы

  • Iqbol O‘razova

Ключевые слова:

frazema, sema, semema, gradatsiya, farqlovchi sema, sinonimiya, semantik siljish, ma’no taraqqiyoti, frazeosemantik mikroguruh.

Аннотация

Til muloqot vositasi sifatida ko‘rilishi bilan birga nutqiy madaniyatni, millat o‘zligini, qadriyatlarini aks ettiruvchi etalon hamdir. Har bir tilning leksikasi shu tilning jozibasini va go‘zalligini, imkoniyati va muloqot darajasini belgilab beradi. Tilning o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi til birliklaridan biri frazemalardir. Frazemalar tarkibida shu til egasining olamni bilish va qabul qilish haqidagi bilimlari, shu millatning qadriyatlari bilan bog‘liq axborotlar, shu tilning ko‘chimlarga asoslangan holda ma’no ifodalash qoliplari jamlangan bo‘ladi. Frazeologik birliklar eng qadimgi manbalar – tosh bitiklarda ham uchraydiki, bu til egasining nutqni bezashga bo‘lgan intilishi dastlabki davrlardan boshlanganidan dalolatdir. Frazemalar mutloq turg‘un birlik emas, til zamon va insonlarga qay holatda moslashsa, frazemalar ham shu til tarkibida o‘z strukturasi va semantikasini o‘zgartirib boradi. Bu esa frazemalarni diaxron aspektda o‘rganish ehtiyojini yuzaga keltirishi tabiiy. Frazemalarning davriy jihatdan o‘rganilishi ma’lum frazemaning shakllanishi va semantik taraqqiyotini, etimologiyasini aniqlash bilan birga shu davr tili va qadriyatlari, insonlarning dunyoqarashi, olamni anglash haqidagi muhim xulosalarning yuzaga chiqishiga turtki bo‘ladi. Shu ma’noda, ushbu maqolada XIV asrning ikkinchi yarmida yaratilgan Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy”, “Suhayl va Guldursun” asarlarida qo‘llangan “holat” semali frazemalar tahlilga tortildi. Frazemalar maydon nazariyasi asosida o‘rganilib, “jismoniy holat” semali, “diniy tushunchalar asosida shakllangan holat” semali, “ruhiy holat” semali, “ijtimoiy holat” semali, “tafakkur” semali frazeosemantik guruhlarda tahlil qilindi. Ayrim frazeosemantik guruhlar mikroguruhlarga ajratilgan holda izohlandi.

Загрузки

Опубликован

2026-07-03