"Devoni lug'otit turk"dagi "oziq-ovqat" semali leksik birliklarni semantik maydon asosida tadqiq etish

Авторы

  • Nilufar Azizova

Ключевые слова:

semantik maydon, tizimli tahlil, makromaydon, mikromaydon, uyali lug‘at, oziq-ovqat mikromaydoni, non mahsulotlari, sut mahsulotlari, taom nomlari.

Аннотация

Maqolada o'zbek tilshunosligidagi tizimli tahlil, semantik maydon asosidagi tahlilning shakllanishi va leksemalarning semantik xususiyatlarini yoritishdagi imkoniyati yoritilgan. Leksemalarning semantik maydon tahlili yuzasidan jahon tilshunoligida hamda o'zbek tilshunosligida olib borilgan tadqiqotlar borasida qisqacha to'xtalib o'tilgan. Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asari turkiy xalqlar tarixida muhim o'rin tutgan manba ekanligi, turli mavzulardagi tarixiy leksemalarni jamlagani, ularning ma'nosini o'rganish amaliy ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan. Devonda keltirilgan leksemalarni semantik maydon asosida tavsiflash leksemalar ko'lami haqida ma'lumot berishi, shu bilan bir qatorda maydon tarkibiga kiruvchi mikromaydonlarni o'rganishda, ular o'rtasidagi semantik munosabatlarni aniqlashda muhimligi taʼkidlangan. "Devonu lug'otit turk"dagi gastronimlar "oziq-ovqat" mikromaydoni va ular tarkibiga kiruvchi semantik guruhlar asosida tahlil qilingan. Leksemalarning o'ziga xos xususiyatlari ajratib ko'rsatilgan.

Загрузки

Опубликован

2026-07-01