"Devonu lug'otit turk"da qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi leksemalar mikromaydoni

Авторы

  • Nilufar Azizova

Ключевые слова:

lug‘at, semantik maydon, semantik munosabatlar, semantik jarayonlar, giponimik, giperonimik munosabatlar, ijtimoiy munosabatlar, qarindoshlik munosabatlari.

Аннотация

Maqolada semantik maydon metodi asosida tahlil qilish xususiyatlari, mumtoz manbalarni, xususan, "Devonu lug'otit turk"dagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalovchi leksik birliklarni semantik maydon asosida o'rganish masalalari aks etgan. Semantik maydonga oid o'zbek tilida amalga oshirilgan tadqiqotlar tavsiflangan. Semantik maydon leksemalar o'rtasidagi semantik munosabatlarga asoslanishi, shu bois leksema semantikasi bilan bog'liq jarayonlarni aks ettirishi qayd etilgan. "Devonu lug'otit turk" leksikasining turli ijtimoiy sohalarni qamrab olishi, mazmuniy maydonni hosil qilishi, o'z ichida kichik mikromaydonlardan iborat ekanligi ko'rsatib berilgan. Semantik maydon tahlili qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi leksemalar misolida tahlil qilingan. Semantik maydonning mumtoz manbalar til xususiyatlarini yoritishda, lug'at boyligini aniglashda, gomusiy xarakterini ochib berishda muhimligi ta'kidlangan.

Загрузки

Опубликован

2026-07-01