O‘zbek badiiy matnlarida “ayol” konseptining aksiolingvistik talqini
Ключевые слова:
ayol konsepti, qadriyatlar tizimi, muqaddas ona, ma’rifat manbayi, hayot beruvchi kuch, mukammallik timsoli.Аннотация
Ushbu maqolada Navoiy, Bobur, Nodira, A.Qodiriy va Cho‘lpon asarlari asosida ayol konseptining mukammallik, isyonkorlik va ozodlik uchun kurashuvchanlik talqini aksiolingvistik tahlil qilinadi. Xususan, aksiologik tadqiqotlar uchun badiiy matn muhim manba ekanligi, ijodkorning badiiy olami muayyan qadriyatlar tizimiga asoslanishi, uning voqelikka munosabati asosida qurilishi, shu ma’noda, badiiy matnda yozuvchi (shoir) o`zi uchun qadr-qimmatga ega bo`lgan moddiy, ijtimoiy hodisa va jarayonlarni tasvirlashi, ulardan ilhom olishi, hayotiy pozitsiyani egallashi, shuningdek, badiiy matnlarda ayol axloqiy va ma’naviy qadriyatlar tashuvchi sifatida ko‘pincha jamiyatning ma’naviy asoslarini saqlovchi, urf-odat va qadriyatlarni ajdodlardan avlodlarga yetkazuvchi sifatidagi o‘rni tahlil qilinadi. Ayol konsepti orqali xalqning axloqiy me’yorlari, dunyoqarashi va qadriyatlar tizimi namoyon bo‘lishi, ayol konseptiga ijtimoiy muhitning ta’siri, uning milliy xarakter xususiyatlari, qadriyat sifatidagi aksiololingvistik tahlili, oʻziga xosliklarini aniqlash asosiy masalalardan biridir.