О журнале

“O‘zbekiston: til va madaniyat”  jurnali  2017-yil 26-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tomonidan  ro‘yxatdan o‘tkazilgan  (guvohnoma № 0936).

Jurnal muassisi:  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Xalqaro standart seriya raqami - ISSN 2181-922X

“O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnali – lingvistika, tarix, adabiyot,  tarjimashunoslik, san’at, etnografiya, falsafa, antropologiya va ijtimoiy  tadqiqotlarni o‘rganish kabi sohalarni qamrab olgan akademik jurnal.

Jurnal bir yilda to‘rt marta chop etiladi.

Jurnalning maqsadi – ko‘rsatilgan sohalarga oid dolzarb mavzulardagi bahs-munozaraga undaydigan, yangi, innovatsion g‘oyalarga boy, o‘z konsepsiyasiga ega bo‘lgan tadqiqotlarni nashr etishdir. Ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi, shuningdek, boshqa turkiy tillarda yozilgan maqolalar qabul qilinadi. Iqtisodiy tahlillar hamda siyosatga oid maqolalar e’lon qilinmaydi. Jurnalda kitoblarga yozilgan taqrizlar, adabiyotlar sharhi, konferensiyalar hisobotlari va tadqiqot loyihalari natijalari ham e’lon qilinadi. Mualliflar fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

“O‘zbekiston: til va madaniyat” jurnalida quyidagi rukndagi maqolalar e’lon qilinadi: 

  1. Lingvistika.
  2. Adabiyotshunoslik. Tarjimashunoslik.
  3. Din. Falsafa. Ilohiyot.
  4. Fan. Ta’lim. Metodika.
  5. Sotsiologiya. Psixologiya.
  6. Tarix. Manbashunoslik.
  7. Etnologiya. Etnografiya. Antropologiya.
  8. San’at.