Tezauruslardagi shaxs otlarining paradigmatikasi

Authors

  • Saodat Israilova
  • Gulnoza Rayhonova

Keywords:

paradigma, paradigmatik, sintagmatik, ierarxik munosabatlar, tezaurus, shaxs otini ifodalovchi leksemalar.

Abstract

Paradigmatikada til sistemasining struktural birliklari muayyan paradigmalarga birlashib, o‘zaro bir-biri bilan taqqoslanishiga, qiyoslanishiga ko‘ra xarakterlanadi. Demak, paradigmatika ayni vaqtda paradigmalar sistemasidir. Paradigmalar sistemasi esa, aytilganidek, til birliklariga, aniqrog‘i, ularning umumiy va xususiy ma’nolariga ko‘ra – ular asosida tashkil topadi, ya’ni paradigmalar o‘zaro mantiqiy munosabatga kirishgan qator til birliklarining umumiy ma’nolariga ko‘ra birlashib, xususiy ma’nolariga ko‘ra farqlanadi. Paradigma va paradigmatika tushunchalari asosida tilning, har bir sath birliklariga xos giperonim, giponim tushunchalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ierarxiyalik xususiyatlari yotadi.

Downloads

Published

2026-07-03