Aforizmlar – intertekstual birlik sifatida

Authors

  • Zarifa O‘rinova

Keywords:

Aforizmlar, intertekstuallik, matn, aforistik matn, sintaksis, matn lingvistikasi, kognitiv tilshunoslik, lingvopoetika, intertekst.

Abstract

Ushbu maqola aforizmlarning intertekstual birliklar sifatida badiiy matnni shakllantirishdagi ahamiyatini yoritishga qaratilgan bo‘lib, bunda aforizmning lug‘atlarda berilgan izohi, maqol va matallardan farqi haqida so‘z borgan. Aforizmga xos asosiy xususiyatlar, aforizmning jahon va o‘zbek tilshunosligida intertekstual birlik sifatida o‘rganilishi, ilmiy-nazariy, falsafiy nutqlarda hamda badiiy asar matnlarida uchragan aforizmlarning turlari, badiiy asar qahramoniga tegishli bo‘lgan bir nechta aforistik matnlar, obrazning axloqiy xaritasini, uning xarakter portretini tanishtirishi mumkinligi tahlil qilingan va misollar asosida dalillangan. Aforistik matnlarning intertekstualligini aniqlash uchun lingvistik stilistika, matn lingvistikasi, lingvistik pragmatika, kognitiv tilshunoslik hamda adabiyotshunoslik fanlarining kesishuvida, ya’ni integratiyasi asosida tahlillar olib borish lozimligi alohida ta’kidlangan.

Downloads

Published

2026-07-03