“O‘tgan kunlar” romanidagi lakunar birliklar

Authors

  • Shaxlo Baxodirova

Keywords:

lakuna, mahorat, sheva, umumxalq tili, leksika, roman, jadidchi, tadqiqot, muqobilsiz sо‘z.

Abstract

Abdulla Qodiriy romanlarini kо‘zdan kechirar ekanmiz, adibning ona tilimiz xazinasidan asar voqeasini ifodalash va obrazlar xarakterini ochib berish uchun tanlab olingan sо‘zlari tabiiy, ularni ishlatish usuli va yozuvchining tili ravonligiga amin bо‘lamiz. Maqolani yozishdan maqsad yozuvchi romanidagi lakunalarni yig‘ish va ularni tahlil qilish. О‘zbek romanchiligi asoschisi, о‘zbek adabiyoti rivojiga munosib hissa qо‘shgan buyuk yozuvchi Abdulla Qodiriydir. Abdulla Qodiriy asarlarini tili jihatdan о‘rganish bо‘yicha ma’lum ishlar qilinyapti. Biroq bu ishlar juda jiddiy tarzda, tizimli bir yо‘nalishda davom ettirilishi zaruriyati bor. Abdulla Qodiriy ijodi, asarlari kо‘plab yangi-yangi tadqiqotlar uchun manba – obyekt bо‘lib xizmat qiladi. Yig‘ilgan lakunalar о‘zbek adabiy tilini boyitish uchun qо‘yilgan qadamlardan biri bо‘lib xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-07-03