Ijtimoiy muloqotga xos ayrim murojaat shakllarining lingvokognitiv tahlili

Authors

  • Zaxro Abruyeva

Keywords:

Til, tafakkur, murojaat shakllari, ijtimoiy muloqot, idrok, kognitiv bilim, antropotsentrizm, milliy xususiyatlar.

Abstract

Mazkur tadqiqotda tilshunoslikning dolzarb tadqiqot obyektiga aylangan til va tafakkur munosabatlari mohiyati yoritildi, o‘zbek tilidagi murojaat shakllarining individlar tomonidan nutqqa ko‘chirilishi, unda ma’lum bir shaxs xarakteri, dunyoqarashi va kayfiyati bilan bir qatorda milliy xususiyatlarning, muayyan millatga xos qadriyatlarning namoyon bo‘lishi hamda tinglovchiga bu nutqiy birliklarning ta’siri muammolari yoritildi, mazkur jarayonlarda idrok faoliyati, atrof-muhitni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan yangi bilimlarning yillar davomida ongda qay holatda saqlanishi va nominatsiya jarayonidagi ifodasi, shaxs tafakkurida hosil bo‘ladigan voqelik xususidagi yangi bilimlarning eskisi bilan integratsiyasi xususiyatlarining tilda aks etishi murojaat shakllari asnosida tadqiq qilindi. Shuningdek, murojaat shakllarining tarixiy taraqqiyot natijasida semantikasi va kognitiv asosida yuzaga keladigan o‘zgarishlar aniqlanib, ularning nutqiy vaziyatdagi ahamiyati o‘rganildi.

Downloads

Published

2026-07-03