Qa= asosli lingvistik birliklarning semantik to‘r asosidagi tahlili
Keywords:
ma’no, sema, semantika, semantic maydon, semantik to‘r, tushuncha, genesis, etimologiya.Abstract
Jahon va o‘zbek tilshunosligida semantika masalalari chuqur o‘rganilgan. Tarixiy umumasosli leksemalar semantikasidagi o‘zgarishlar lisoniy ong, tafakkur darajasi, idrok nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Semantika dunyo tilshunosligidagi zamonaviy yo‘nalish sifatida taraqqiy etar ekan, leksemalar o‘rtasidagi aloqadorlik asosida semantik to‘rlarni ajratish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Semantikaga oid taqiqotlarda leksemalar tahlili semantik maydon asosida amalga oshirilgan. So‘zni semantik maydonlarga ajratishda dastlab “tushuncha maydoni”dan kelib chiqib yondashiladi. Bu yondashuvga ko‘ra, har bir so‘z bir ma’lum bir “tushunchalar guruhi”ga, ya’ni semantik maydonga kiradi va hech biri oraliq holatida qolmaydi. So‘z ma’nosining tarixiy taraqqiyoti o‘zgarmas holda tuzilgan maydonning qayta qismlarga bo‘linishi sifatida izohlanadi. Demak, so‘zning semantik maydonga mansubligi sinxron xarakterga ega bo‘lib, davrlar osha o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Maqolada qa= asosli birliklarning semantik to‘r asosidagi tahlili, tarixiy taraqqiyotdagi ma’no o‘zgarishlari ko‘rib chiqiladi.