Ironik mazmun ifodalash usullari (kinoya)
Ключевые слова:
ironiya, ironik mazmun, kinoya, kinoya hosil qiluvchi vositalar, suqrotcha kinoya, ekzistentsial kinoya, dramatik kinoya, struktural kinoya.Аннотация
Maqolada ironiya, ironik mazmun, o‘zbek tilida ironik mazmun ifodalashning asosiy usullari, bu usullardan eng faoli – kinoya, kinoya hosil qiluvchi vositalar, kinoyaning turlari, uning boshqa ko‘chim turlaridan farqlari yoritilgan. Ironiya ilk bor Platon asarlarida uchraydi, uning kelib chiqishi qadimgi Yunoniston, antik davr faylasuflariga borib taqaladi. O‘zbek tilshunosligida ham kinoya atroflicha o‘rganilgan bo‘lib, M.Sheraliyeva, E.Ibragimova, O.Shofiyev, Y.Odilov, Sh.Abdurahmonovlarning tadqiqotlari shular jumlasidandir. Tilshunos olimlar tomonidan kinoyaga berilgan ta’rif deyarli farqlanmaydi.
Qolaversa, maqolada kinoyaning maqsadi, kinoya hosil qiluvchi vositalar, kinoyaning turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kinoya badiiy asarlardan olingan parchalar orqali tahlil qilingan.