Sinestezik metaforalarda oksimoron hodisasining voqelanishi

Authors

  • Mavluda Oripova

Keywords:

sinestezik metafora, g‘ayriodatiy birikmalar, trop, oksimoron, ko‘chim.

Abstract

Ma’lumki, so‘zlarning sintagmatik munosabatga kirishuvida semantik valentlik birlamchi asos vazifasini o‘taydi. Muayyan ikki so‘z birikma hosil qilish uchun ularning semantik tarkibida ana shu birikish uchun potensiya mavjud bo‘lishi kerak, aks holda mantiqsizlik kelib chiqishi mumkin. Ammo bunday chegaralash adabiy tilga xos bo‘lib, badiiy nutq uchun u o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi. Badiiy nutqning o‘ziga xosligi shundaki, semantik valentlikka kirisha olmaydigan so‘zlarni biriktirish orqali mantiqsizlikni yuzaga keltirgan holda kuchli mantiqiy birliklar, poetik figuralar yaratiladi. Natijada qolipga sigmaydigan g‘ayriodatiy so‘z chaqinlari vujudga keladi.

Ushbu maqolada bir-biriga zid, bir-birini inkor etuvchi, farqli tuyg‘ular orqali idrok etiladigan birliklarning sintaktik munosabatga kirishuvida oksimoron hodisasining o‘ziga xos qonuniyatlari ochib beriladi.

Downloads

Published

2025-07-07