Pretsedent nomlarning laqabga koʻchishi
Keywords:
antroponimlar, appelyativlar, belgi ifodalovchi leksik birliklar, pretsedent birliklar, teatr, kino va multifilm san’ati, lingvokulturologiya, translatsiya, laqablar, pragmatik yondashuv, pragmema.Abstract
Jahon tilshunosligida onomastik birliklarning kommunikatsiya jarayonida eng faol qoʻllanadigan va oʻz sotsiolingvistik xususiyatlariga koʻra muhim ijtimoiy, semantik, estetik va lingvostilistik va etnomadaniy ma’lumotlar tashuvchi qismi boʻlmish antroponimlar: ism, familiya, laqab, kunya, unvon, nikneymlarni ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan oʻrganish muhim ahamiyatga egaligi eʼtirof etilgan. Umuman til birliklarini oʻz yaratuvchisi boʻlgan xalq bilan uzviylikda oʻrganish lingvistika sohasida lingvokulturologiya, etnolingvistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, pragmalingvistika kabi yangi sohalarning shakllanishiga sabab boʻldi. Appelyativlar va belgi ifodalovchi soʻzlarning antroponimlashuvi semantik jarayondir, ammo keyingi 70 yillik taraqqiyot natijasida antroponimlarning antroponimlarga translatsiya boʻlishi ham laqablar hosil boʻlish mexanizmi imkoniyatlarini koʻpaytirdi. Xususan, pretsedent birliklarning laqablarni hosil qilishi ham alohida tadqiq talab etadi. Ushbu maqolada pretsedent birliklar, ularning turlari hamda lingvokulturologiyadagi ahamiyati, antroponimlarning onomastik pretsedent birliklar tizimidagi oʻrni haqida fikr yuritiladi. Xususan, oʻzbek va jahon antroponimlari pretsedent laqab sifatida qanday vazifalar bajarishi tarixiy shaxslar, badiiy asar qahramonlari, xalq ogʻzaki ijodi qahramonlari, kino va multifilm qahramonlari misolida tahlil qilinadi.