O‘zbekcha-ruscha lug‘atda ayrim folklorizmlarning berilishi
Keywords:
folklorizm, ikki tilli lug‘at, maqol, matal, tarjima, lingvomadaniyat, milliy kod, muqobil birlik.Abstract
Mazkur maqolada ikki tilli – o‘zbekcha-ruscha tarjima lug‘atlarida xalq og‘zaki ijodiga oid birliklarning, xususan, folklorizmlarning ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Muallif til va xalq og‘zaki ijodi o‘rtasidagi uzviy aloqani ochib berar ekan, tarjima jarayonida uchraydigan madaniy-milliy kodlar, lingvomadaniy tafovutlar va ularning tarjimada to‘g‘ri aks ettirilishining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratadi. Maqolada “alp”, “o‘dag‘a”, “ziyodon”, “banot” kabi folklor leksik birliklari misolida ularning o‘zbekcha-ruscha lug‘atlarda berilishi, tarjima usullari tahlil etiladi. Shuningdek, maqollar va matallarni tarjima qilish yo‘llari – to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ekvivalentli va izohli tarjima usullari orqali ko‘rib chiqiladi. Milliylikni aks ettiruvchi va umuminsoniy qadriyatlarni ifodalovchi maqollarning tarjimasida muqobil birliklarni tanlash mezonlari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola folklor til birliklarining tarjimada to‘g‘ri ifodalanishi ikki til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilishini asoslab bergan.