Soʻz turkumlarini teglash usullari

Authors

  • Manzura Abjalova
  • Munojot Adilova

Keywords:

so‘z turkumlari, teglash, qoidalarga asoslangan usul, stoxastik usul, mashinaviy o‘qitish, NLP, tabiiy tilni qayta ishlash.

Abstract

So‘z turkumlari (POS)ni teglash tabiiy tilni qayta ishlash (NLP)da eng muhim jarayon bo‘lib, unda tildagi har bir leksik birlik turkumlik belgisi bilan “belgilanadi”. O‘zbek tilidagi to‘qson mingdan ortiq leksik birlik o‘n ikkita so‘z turkumiga morfologik, sintaktik va semantik tahlil mezonlari asosida tasniflanadi. So‘z turkumlarini teglash matndagi birliklarning omonimlik, ko‘p ma’noli, polifunksional xususiyatlarini aniqlash va avtomatik kontekstual tahlilni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Shu bois NLPda so‘z turkumlarini teglash birlamchi va asosiy vazifa hisoblanadi. Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi so‘z turkumlarini teglashning bir qancha usullari haqida so‘z yuritildi.

Downloads

Published

2025-07-07