O‘zbek nutqiy etiketida fatik birliklarning qo‘llanilishi
Keywords:
nutqiy etiket, fatik kommunikatsiya, salomlashuv, holahvol so‘rash, xayrlashuv, pragmatika, lingvopragmatik tahlil, o‘zbek nutq madaniyati, muloqot an’analari, ijtimoiy aloqa.Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek nutqiy etiketida fatik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari lingvopragmatik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Fatik kommunikatsiya insonlar o‘rtasida ijtimoiy aloqa o‘rnatish, muloqotni davom ettirish va samimiylik muhitini yaratishda muhim vosita hisoblanadi. O‘zbek tilida salomlashuv, hol-ahvol so‘rash, xayrlashuv, tabrik va tasalli kabi nutqiy birliklar fatik kommunikatsiyaning asosiy ko‘rinishlarini tashkil etadi. Maqolada shuningdek, fatik birliklarning pragmatik vazifalari, ularning ijtimoiy-madaniy mazmuni va kommunikativ funksiyalari lingvistik hamda sotsiopragmatik yondashuvlar asosida yoritilgan.
Downloads
Published
2026-02-08
Issue
Section
Maqolalar