Nutqiy akt nazariyasi yoxud kommunikativ maqsadning ifodalanishi

Authors

  • Shodiya Qurbonova

Keywords:

Pragmalingvistika, nutqiy akt nazariyasi, kommunikativ maqsad, lingvistik nazariya, muloqot, tabiiy til, sintaktik xususiyatlar, semantik xususiyatlar, pragmatik xususiyatlar.

Abstract

Pragmalingvistika tilshunoslikning mustaqil yo‘nalishi sifatida o‘tgan asrning 60-70-yillarida shakllandi. 1970-yilda Dordrext shahrida ‘‘Tabiiy tillar pragmatikasi’’ (Pragmatics of natural languages) mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanda o‘qilgan ma’ruzalar to‘plamining muharriri, Tell-Aviv universitetining professori M.BarHillelning ‘‘So‘z boshi’’ da qayd qilishicha, anjuman ishtirokchilari yakdillik bilan ‘‘Tabiiy til vositasida bajariladigan muloqotning pragmatik xususiyatlari ushbu muloqotning sintaktik va semantik xususiyatlari kabi lingvistik nazariya doirasida o‘rganilishi lozim’’, degan xulosaga kelishdi.

Downloads

Published

2026-02-08