Somatik iboralarning 14 yoshdagi bolalar tomonidan o‘zlashtirlishi

Authors

  • Dildora Adizova

Keywords:

somatik iboralar, til o‘zlashtirish, psixolingvistika.

Abstract

Somatik iboralar – bu inson tanasining turli qismlari (bosh, ko‘z, qo‘l, yurak, tizzalar va h.k.) ishtirokida shakllangan, ko‘pincha majoziy ma’no anglatadigan frazeologik birliklardir. Bu iboralar tilning obrazlilik, emotsional boylik va madaniy xotirani uzatish vositasi sifatida xizmat qiladi. Somatik iboralar til o‘rganuvchilar, ayniqsa 14 yoshdagi bolalar tomonidan qanday o‘zlashtirilishi muhimdir. Ushbu yosh guruhi – psixologik va kognitiv rivojlanish bosqichida bo‘lib, ularning til sezgirligi, abstrakt fikrlash qobiliyati va madaniy kontekstni anglash darajasi hali to‘liq shakllanmagan bo‘ladi. Shu sababli, somatik iboralarni o‘zlashtirishda ular so‘zma-so‘z ma’noni majoziydan ajrata olmaslik, iboralarning semantik chuqurligini tushunmaslik, yoki noto‘g‘ri ishlatish kabi muammolarga duch kelishlari mumkin. Ushbu maqolada 14 yoshli bolalarning somatik iboralarni qanday qabul qilishlari, ularga qanday yondashuvlar orqali bu iboralarni samarali o‘rgatish mumkinligi, va psixolingvistik hamda metodik yondashuvlar yordamida ularning o‘zlashtirish jarayonini qanday yengillashtirish mumkinligi tahlil qilinadi.

Downloads

Published

2025-07-24