Mualliflik korpusi asosida diskursiv birliklarning funksional-stilistik xususiyatlari (Nusratullo Jumaxo‘ja maqolalari misolida)

Authors

  • Shohista Akramova

Keywords:

diskursiv birlik, pragmatik funksiya, mualliflik korpusi, konkordans, stilistik yuklama.

Abstract

Mazkur maqolada filologiya fanlari doktori Nusratullo Jumaxo‘janing publitsistik maqolalari asosida diskursiv birliklarning funksional-stilistik xususiyatlari tahlil etiladi. Tadqiqot obyekti sifatida taniqli publitsist va yozuvchi Nusratullo Jumaxo‘janing maqolalari tanlab olingan bo‘lib, matnlardagi izchillik, mantiqiy bog‘lanish va stilistik ifodaning shakllanishida diskurs birliklarning roli aniqlashtirilgan. Korpus lingvistikasi asosida qurilgan mualliflik korpusi orqali birliklarning chastotasi aniqlanib, Sketch Engine dasturi yordamida ularning matndagi joylashuvi, kontekstdagi vazifasi va nutqdagi kommunikativ yuklamasi o‘rganilgan. Tadqiqotda “avvalo”, “demak”, “xullas”, “xususan”, “ammo”, “balki”, “jumladan” kabi faol diskurs birliklar alohida tahlilga tortilib, ularning funksional-stilistik imkoniyatlari aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Jumaxo‘ja ijodida diskurs birliklar nafaqat matn strukturasi, balki stilistik samaradorlikni ta’minlashda ham muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot korpus asosida diskurs birliklarni o‘rganishning amaliy va nazariy ahamiyatini tasdiqlaydi.

Downloads

Published

2025-07-24