Topishmoqlarning lingvistik aspektda o‘rganilishi

Authors

  • Maftuna Turg‘unova

Keywords:

semantika, topishmoq, janr, metafora, enigmatik matn, o‘zbek tili, pragmatika, sistem-struktur, emotsional-ekspressiv ta’sir, iste’mol doirasi chegaralanmagan leksika, deyktiklik, ko‘chim, sintaktik.

Abstract

Topishmoqlar kichik janr sifatida adabiyotshunoslar tomonidan mukammal tadqiq qilingan. Shuningdek bu janr mikromatn sifatida ham tilshunoslar tomonidan tahlil qilingan, lingvistik aspektda o‘rganilgan. Mazkur maqolada folklor janri sanalgan topishmoqlarning dunyo tilshunosligidagi, shuningdek, o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi atroflicha yoritiladi, amalga oshirilgan ishlarga munosabat bildirilib, xulosalar bayon qilinadi. Ayniqsa, maqolada N.Yakubovaning dissertatsiyasidagi fikrlarga alohida urg‘u berib o‘tiladi. Olimaning topishmoqlarning o‘rganilishi to‘g‘risidagi fikrlari ahamiyatli deb topilib, yutuq va kamchiliklari haqida, topishmoqlarni lingvistik aspektda tadqiq qilishda amalga oshirgan ishlariga batafsil to‘xtab o‘tiladi. Bundan tashqari, topishmoqlarning sistem-struktur yo‘nalishdagi tadqiqi tahlil qilingan hamda topishmoqlarni shakllantirishda metaforaning o‘rni borasida ham fikrlar bayon etilgan. Tadqiqotchilar shu bilan bir qatorda, topishmoqlarning sintaktik, leksik, morfologik tomonlariga ham to‘xtalib o‘tishgan. Maqolada topishmoqlarning o‘zbek tilshunoslari tomonidan o‘rganilishi xronologik tartibda berilgan.

Downloads

Published

2025-07-24