Nemis tilidagi sonli frazeologik birliklar tarkibida inson fazilatlarini baholash xususiyatlari
Keywords:
frazeologik birliklar, son komponenti, nemis tili, inson fazilatlari, semantik guruhlar, aksiologik baho, ramziy ma’no.Abstract
Ushbu maqolada nemis tilidagi son qatnashgan frazeologik birliklar orqali inson fazilatlarini baholash masalasi tahlil qilingan. Frazeologik birliklarda son komponentlari insonning intellektual, axloqiy, xarakter, fiziologik va parapsixologik xususiyatlarini ifodalovchi semantik guruhlarga ajratilgan. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, bu turdagi frazeologizmlar ko‘pincha baholovchi vazifani bajaradi va sonlar faqat miqdoriy emas, balki ramziy va kinoyaviy ma’no kasb etadi. Aksariyat sonli frazeologik birliklar salbiy emotsional baholashni ifodalaydi. Masalan, insonning aqliy darajasi yoki ijtimoiy xatti-harakatlari son orqali kamsituvchi yoki kinoyaviy tarzda ifodalanadi. Bu holat, o‘z navbatida, sonlarning til va madaniyatdagi aksial (qadriy) funksiyasini ko‘rsatadi. Maqolada frazeologik birliklarning aksiologik xususiyatlari ochib berilib, ular tilning baholovchanlik xususiyatini namoyon etuvchi muhim lingvistik vosita sifatida talqin etiladi. Tadqiqot natijalari baholovchi frazeologizmlarning semantik strukturasini va madaniy-ma’naviy konnotatsiyalarini tahlil qilish imkonini beradi.