Buyuk Britaniyadagi dam olish maskanlari nomlari va ularning leksik-semantik xususiyati (ingliz va o‘zbek tillari misolida)
Keywords:
dam olish maskani, toponimika, leksik-semantik tahlil, tarjima strategiyalari, semantik maydon, sanatoriya, dennotativ, konnotativ ma’no, turizm.Abstract
Maqolada Buyuk Britaniya hududidagi dam olish maskanlarining asosiy turlari (tog‘li hududlar, suv havzalari, o‘rmonzorlar, sanatoriyalar, tematik parklar va qishloq turizmi maskanlari) va ularning inglizcha hamda o‘zbekcha nomlarining leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ushbu nomlarning tarkibiy (komponent) tahlili, semantik maydonlarga ajratilishi, denotativ va konnotativ ma’nolari hamda tarjima strategiyalari ko‘rib chiqilgan. Har bir toifaga oid real misollar keltirilib, ular ingliz va o‘zbek tillarida semantik jihatdan tahlil qilingan. Asosiy e’tibor nomlarning lug‘aviy ma’nosi, tarixiy-madaniy konnotatsiyasi va tarjimada uchraydigan qiyinchiliklarga qaratilgan. Munozarada dam olish maskanlari nomlarining sinonimiya va antonimiya, metaforik va metonimik ishlatilishi, funksional semantikasi kabi jihatlar baholanib, tarjima jarayonidagi muammolar va tendensiyalar muhokama qilinadi.