“Boburnoma”dagi omonim fitonimlarning qoʻllanilishi

Authors

  • Gulbahor Rasulova

Keywords:

“Boburnoma”, fitonimlar, omonimlar, sanjid, sunbul, tut, olma, o‘t.

Abstract

“Boburnoma”da o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, harbiy tizim, maishiy hayotga oid leksik birliklar jamlangan. Shu bilan birga, Afg‘oniston, Hindiston tabiati, iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosi, leksikasi keng ma’noda o‘rin egallagan. Bobur o‘z asarida yilma-yil o‘zi yashagan va ko‘rgan hududlarinining tasvirida nabotot dunyosining ajralmas qismi hayvonot olami, uning o‘ziga xosligi, iqlim va regional betakror xususiyatlar va o‘simlik olamini ham bayon etadi. Tasvir jarayonida ba’zi fitonimlarning etimologiyasi va til xususiyatlari borasida ham o‘z fikr-mulohazalarini berib o‘tgan. Ushbu maqola “Boburnoma”da omonim tarzda qo‘llangan fitonimlar tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, omonimiya hodisasi va asardagi omonimlik hosil qilgan o‘simlik nomlari yuzasidan fikr yuritiladi. Sanjid, sunbul, tut, olma kabi fitonimlar tahlilga tortiladi va misollar asosida dalillanadi.

Downloads

Published

2025-07-24