O‘zbek va turk tillaridagi somatizmlar sinonimiyasi

Authors

  • Feruza Rahmatova

Keywords:

somatik birliklar, tana a’zolari, sinonim, leksiksemantik tahlil, qiyosiy tadqiqot, fonetik o‘xshashlik, tarixiy ildizlar, uslubiy tafovut.

Abstract

Ushbu maqola o‘zbek va turk tillaridagi somatik sinonimlarning leksik-semantik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tana a’zolariga oid so‘zlar har ikki tilda qadimdan uchrab, keng semantik tarmoqqa ega bo‘lgan. Maqolada ushbu birliklarning sinonimik variantlari fonetik, semantik va tarixiy mezonlar asosida o‘rganiladi. Qadimgi turkiy til yodgorliklari, zamonaviy lug‘atlar va korpus materiallari asosida somatik sinonimlarning shakllanishi, vazifalari va uslubiy tafovutlari o‘rganiladi. Shuningdek, turk tilidagi sinonim birliklar bilan o‘zbek tilidagi mos birliklar o‘rtasida mavjud o‘xshashlik va farqlar aniqlanadi. Tahlil davomida o‘zbek va turk tillaridagi somatik sinonimlar o‘rtasidagi ma’no jihatidan bogʻliqlik va ularning leksik tizimdagi o‘rni hamda tarixiy ildizlarini aniqlashga harakat qilindi. Ushbu natijalar turkiy tillar leksikasining rivojlanish jarayonini chuqurroq o‘rganishga hissa qo‘shadi.

Downloads

Published

2025-07-21