Qadimgi turkiy qo‘lyozmalardagi reptiliyalarning qiyosiy tahlili

Authors

  • A’zamxon Sobitov

Keywords:

partenogenez, sudralib yuruvchilar, etimologiya, kenja turkum, qubbali, fonetik o‘zgarish, tangachalilar, qalqondumlilar, yovuzlik timsoli.

Abstract

Mazkur maqolada XI asr O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan turkiy qabilalar va ularning til xususiyatlarini o‘rganishda va hozirgi ayrim turkiy xalqlarning shakllanishi va taraqqiyotini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Maxmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otitturk” qo‘lyozmasi, XIV asr boshlarida lotincha-forscha-qumancha va qumancha-nemischa, qumancha-lotincha so‘zlarni o‘zida mujassam etgan lug‘at hamda xristian monaxlari tomonidan quman tiliga tarjima qilingan diniy madhiya va duolar, eng qadimgi turkiy topishmoqlardan tarkib topgan qo‘lyozma sifatida yuzaga kelgan “Kodeks kumanikus” yodgorligi hamda XIV asrga tegishli yana bir qimmatli manba “Tarjumon turkiy va ajamiy va mo‘g‘uliy” (qisqartirilgani “Tarjumon”) qo‘lyozmasi tarkibida kelgan sudralib yuruvchilar, xordalilar, torog‘izlilar, chuqurchaboshlilar, so‘qirilonlar turkumiga kiruvchi reptiliya nomlarining qiyosiy tahlili to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Mazkur zoonimlar yakka so‘z holatida kelgan bo‘lib, batafsil izohlar va ta’riflar bilan boyitilgan. Qo‘lyozmalarda kelgan XI-XIV asr qadimgi turkiy reptiliya nomlarini bugungi kundagi o‘zbek tili nutq jarayonlarida ishlatib kelinayotgan shakli bilan qiyoslashda “O‘zbek tili izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili etimologik lug‘ati”dan keng foydalanilgan.

Downloads

Published

2025-07-21