Bilingval ongning ustunligi
Keywords:
bilingvizm, ikki tillilik, kognitiv funksiyalar, tabiiy til, koordinativ, psixolingvistik, miya faoliyati, erta bilingvizm, kech bilingvizm, tabiiy bilingvizm, sun’iy bilingvizm.Abstract
Maqolada bilingvizm miyaning kognitiv funksiyalarini yaxshilashga yordam berishi, diqqatni bir vazifadan boshqasiga osonroq o‘tkazish, muammolarni samaraliroq hal qilish va xotirani kuchaytirish, bilingvizmning keksalikda miya faoliyatining susayishini sekinlashtirishi mumkinligi, hamda bilingvizmning madaniy afzalliklari, boshqa madanyatlar bilan osonroq muloqot qilish va dunyoqarashning kengayishi, shuningdek, shaxsning intellektual rivojlanishining turli jihatlariga, ta’siri bo‘yicha xorijiy tadqiqotlar asosida umumiy fikrlar berilgan. Tilshunoslikda til hodisalarini boshqa ijtimoiy hodisalar bilan bog‘liq holda yorituvchi lingvistik tadqiqotlar XX asr boshlarida Fransiya, Rossiya, Chexiya, AQSH kabi mamlakatlarda vujudga kela boshladi. Tilni ijtimoiy institutlar va jamiyat evolyutsiyasi bilan birga o‘rganish, til va jamiyat, lingvistik vaziyat, ijtimoiy va kommunikativ tizim, kommunikativkompetensiya, lingvistik kod, kodni o‘zgartirish, ikkitillilik, ko‘ptillilik, til siyosati, adabiy til, milliy tillar, til taraqqiyoti modellari masalalari olimlarning diqqat markazida bo‘ldi.