Lug‘at maqolada bosh so‘z va izoh matn hududi
Keywords:
lug‘at, lug‘at qismlari, bosh so‘z, lug‘at maqola, lug‘aviy birlik, izoh, izohli lug‘at, o‘quv lug‘ati.Abstract
Lug‘atchilik tarixidan ma’lumki, qadimiy lug‘atlar o‘quv maqsadida tuzilib, darslik vazifasini o‘tagan va, tabiiyki, faqat so‘zlik emas, unga doir lingvodidaktik materiallarni ham taqdim etgan. Mazkur ibtidoiy maktab qo‘llanmalari – gloss, glossariy, azbukovnik, vokabulyariylar faqat ro‘yxatlar emas, qisqa izohlarga, ya’ni lug‘at maqolaga ega bo‘lgan. Lug‘atlarning barcha turi ham til birliklarining qaysidir jihatini yoritishni maqsad qiladi, ammo til leksik tizimini to‘la aks ettirishda izoh tipidagi lug‘atlar alohida o‘rin tutadi. Leksikografiyada lug‘at mikroqurilmasida chap qism va o‘ng qism farqlanadi. Chap qism – lug‘at birligi (bosh so‘z, vokabula), o‘ng qism – semantizatsiya, izohli matndan tashkil topadi. Aytib o‘tish kerakki, barcha lug‘atlarda ham lug‘at korpusida bu ikki qism bo‘lavermaydi. Mazkur tadqiqotda lug‘at maqoladagi bosh so‘z va uning izoh manti xussuisda fikr yuritiladi.