“Xamsa”dagi vaqt semali frazemalar tahlili
Keywords:
frazema, “Xamsa”, leksema, sema, temporal leksema, ma’noviy guruh, “vaqt” semasi, uslubiy ma’no, diaxron aspekt, integral sema.Abstract
“Vaqt” semali birliklar eng qadimgi manbalarda uchrovchi va xalq tafakkurini aks ettiruvchi til xazinasi sanaladi. Bilamizki, vaqt tushunchasi leksemalar, qo‘shma so‘zlar va frazemalar bilan ifodalanish holatlari mavjud. “Vaqt” semali frazemalar leksemalardan semantik jihatdan boyligi, ta’sirchanligi, ekspressiv ta’sirga egaligi bilan farqlanib turadi. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Xamsa” asarida qo‘llangan “vaqt” semali frazemalar tadqiq qilinadi. Dostonlarda aniqlangan 17 ta frazema uch mikromaydonga: nomlash xarakteridagi frazemalar, qisqa vaqtni ifodalovchi frazemalar, davomiylikni ifodalagan frazemalarga ajratilib tahlilga tortiladi, frazema ifodalagan semantik ma’no semalarga ajratilib o‘rganiladi, tahlillar asosida xulosalar bayon qilinadi.