Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonidagi peyzaj matnlarida rang bilan bog‘liq idrok jarayonlari tahlili

Authors

  • Manzura Shamsiyeva

Keywords:

yashil rang, sabza rang, qizil, qora, “Perseptiv sikl” modeli, peyzaj matni, kognitsiya

Abstract

Badiiy matndagi rang ifodalovchi so‘zlar leksikasi tahlilida rang ifodalashning barcha usullarini hisobga olish lozim. Filologiya nuqtayi nazaridan matn badiiy butunlik, rang esa ushbu butunlikning elementlaridan biri sifatida idrok etilishi lozim. Bu holatda rangni tadqiq  etish barcha badiiy vositalarning tahlilini nazarda tutadi. Maqolada AlisherNavoiyning “Saddi Iskandariy” dostonidagi ayrim peyzaj matnlarida rang bilan bog‘liq o‘rinlarining idrok jarayonlari U. Naysserning “Perseptiv sikl” modeli asosida tahlil qilingan.

Downloads

Published

2026-07-06