O‘zbek she’riyatida toponimlarning pretsedent nom sifatida qo‘llanishi
Keywords:
toponim, gidronim, urbanonim, milliy toponimlar, universal toponimlar, hozirgi toponimlar, tarixiy toponimlar, pretsedent nom, kosmonimika, oykonimika.Abstract
Ushbu tadqiqot ishimizda o‘zbek tilshunosligida onomastikaning bir turi bo‘lgan toponimlarning o‘rganilishi va ularning vujudga kelishidagi asosiy sabablar o‘rganildi. O‘zbek she’riyati namoyandalaridan Omon Matjon, Shavkat Rahmon va Rauf Parfi she’riyatida uchragan toponimlarning pretsedent nom sifatida qo‘llanishi, pretsedent nomning she’r mazmunini boyitishdagi ahamiyati, o‘zbek she’riyatida qo‘llangan milliy va universal toponimlar, hozirgi va tarixiy toponimlar, gidronim va urbanonimlarning pretsedent nom sifatida ifodalangandagi tasnifi tadqiqot obyekti sifatida oʻrganildi va tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida ayon bo‘ldiki, ushbu shoirlarimiz o‘z she’rlarida pretsedent nom vazifasida kelgan milliy toponimlarga qaraganda universal toponimlardan ko‘proq foydalangan.