Ingliz va o‘zbek tillarida fe’lli elliptik konstruksiyalarning qiyosiy tadqiqi

Authors

  • Nargizaxon Ashurova (Latipova)

Keywords:

fe’lli ellipsis, modal fe’l, bo‘shliq termini, sodda gap, ergash gap, maqollar.

Abstract

Mazkur maqolada fe’lli elliptik konstruksiyalarga, ayniqsa, gap predikativi (kesimi)ning yoki fe’l qismning tushirilishi orqali hosil bo‘ladigan strukturaviy hodisalarning yuzaga kelish jarayoni ellipsis misolida yoritib beriladi. Anglashiladiki, ellipsis natijasida hosil bo‘lgan gaplar grammatik qurilmasi nuqtayi nazaridan qisqa va to‘liqsiz tuyulsada, muloqot davomida to‘liq mazmunni ifodalashi va predikativ funksiyani bajarishi mumkin. Umuman olganda, ellipsis turli gap bo‘laklariga taalluqli bo‘lib, xususan, eganing tushirilishi, predikat (fe’l)ning tushirilishi, obyekt yoki ikkinchi darajali bo‘laklarning tushirilishi, shuningdek, murakkab gapda takroriy qismlarni tushirib qolish kabi ko‘rinishlari uchraydi. Predikatning (asosiy fe’lning) tushirilishi ellipsisning eng markaziy ko‘rinishlaridan bo‘lib, gapda kesim vazifasidagi fe’l, fe’lli birikma yoki unga bog‘langan so‘zlar tushirilib qoldiriladi. Aynan predikativ birliklarning ellipsis orqali qisqarishi, ya’ni gapda kesim (fe’l) tushib qolish konstruksiyasi eng ko‘p uchraydigan elliptik qurilmalardan biridir. Bunday konstruksiyalar ko‘pincha oldingi gap yoki kontekstual vaziyatdan bilib olamiz hamda ma’lum bo‘lgan predikatni takrorlamaslik maqsadida yuzaga kelishi tilshunos olimlar olib borgan tadqiqot natijalari bilan isbotlandi.

Downloads

Published

2025-07-07