Emotiv frazeologizmlarda zidlik munosabati

Authors

  • Muxayyo Vafoyeva

Keywords:

frazeologizm, frazema, antonim frazema, kontrast, emotiv, okkazional, individual-avtor, so‘zlashuv uslubi, badiiy uslub.

Abstract

Inson voqelikdagi barcha yoqimli, yoqimsiz narsa va hodisalarni idrok qilib aks ettirar ekan, ularga nisbatan ijobiy yo salbiy yoki neytral munosabatda bo‘ladi. Bunday munosabatlar tildagi so‘z va iboralar orqali aks ettiriladi. Iboralar tilda ko‘plab uchraydigan, fikrni obrazli, ta’sirchan ifodalaydigan lug‘aviy birlik sanaladi.

Frazeologik antonimlar qarama-qarshi ma’no ifodalovchi iboralardir. Ular bir turkumga oid bo‘ladi, morfologik jihatdan fe’l, sifat ba ravish frazeologik antonimlarga ajratiladi. Ikki zid ma’noli ibora asosida antitezali qurilmalar tuzish va ularni badiiy nutqda qo‘llash asar ta’sirchanligini oshiradi. Ichki bog‘lanishli ko‘chimlarni hosil qilishda, voqea-hodisalarni obrazli tasvirlashda, shaxslarning ruhiy holati, xarakterxususiyati, xulq atvorini bir-biriga zid qo‘yib tavsiflashda frazeologik antonimlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqolada antonimiyaning frazeologik birliklarda semantik munosabat asosida belgilanadigan hodisa ekanligi va ularning frazeosememaga asoslanishi, antonim frazemalarning komponent tarkibi, so‘z turkumlariga bo‘lgan munosabati, uslubiy xususiyatlari, frazema komponentlarining struktur-semantik o‘zgarishlarga uchrashi asosida okkazional frazeologik antonimlar badiiy asarlardan olingan misollar orqali tahlil qilindi. Shuningdek, antonim frazemalar ifoda plani jihatidan boshqaboshqa leksemalar bilan ifodalanishi yoki frazema komponentlaridan biri antonim so‘z bilan ifodalanishi ko‘rsatib o‘tildi.

Downloads

Published

2025-07-07